G'oyani 2 oyda mahsulotga aylantirish
Mentorlik, MVP va Demo Day bilan kuchli o'sish yo'li.
Kelajakning muhandislari bugun shakllanadi
O'zbekistondagi eng yirik xalqaro muhandislik festivali. Eng ilg'or texnologiyalar, eng qiziqarli musobaqalar va eng foydali seminarlar bir joyda!
Barcha yoshdagi ishtirokchilar uchun ochiq platforma - 6 yoshdan 40 yoshgacha
Kelajak Muhandislari festivali - bu yosh muhandislar, ixtirochilar va texnologiya ishqibozlari uchun yaratilgan noyob platforma. Festival doirasida musobaqalar, seminarlar, ko'rgazmalar va boshqa ko'plab tadbirlar o'tkaziladi.
9 ta yo'nalishda 23 xil musobaqa turi. Aviatsiya, robototexnika, agrotexnologiya va boshqa ko'plab sohalarda o'z kuchingizni sinab ko'ring.
Eng so'nggi texnologik yutuqlar va innovatsion loyihalar bilan tanishing. O'z loyihangizni namoyish qiling.
Soha mutaxassislari va ekspertlari tomonidan o'tkaziladigan foydali seminarlar, master-klasslar va workshoplar.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida o'tkaziladigan xalqaro muhandislik olimpiyadalari.
Yetakchi kompaniyalarda stajirovka imkoniyati. Eng yaxshi ishtirokchilar real loyihalarda tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
24-48 soatlik intensiv hakatonlar. Jamoa bo'lib real muammolarga innovatsion yechimlar yarating.
Barcha yoshdagi ishtirokchilar uchun ochiq platforma
Festivalda 6 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari (6-18 yosh)
Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari (17-25 yosh)
Soha mutaxassislari va yosh muhandislar (18-40 yosh)
G'oliblar uchun ajoyib sovrinlar va imkoniyatlar
G'oliblar uchun zamonaviy elektromobillar
Noyob va qimmatbaho sovg'alar to'plami
Yetakchi kompaniyalarda amaliyot o'tash imkoniyati
Turli nominatsiyalar bo'yicha pul mukofotlari
O'tgan festivallardagi eng yaxshi lahzalar
Tanlovlar, akseleratsiya va texnopark imkoniyatlari bir joyda jamlangan.
Mentorlik, MVP va Demo Day bilan kuchli o'sish yo'li.
Eng yaxshi g'oya, loyiha va ixtirolar. O'qituvchi, talaba va amaliyotchi muhandislar uchun.
Ilg'or muhandislik maktabi, hamkorlik va amaliy loyiha muhiti.

Festival homiysi bo'ling va brendingizni minglab ishtirokchilarga tanishtiring
O'zingizni sinab ko'ring, yangi bilimlar oling va kelajakni birga quramiz. Hoziroq ro'yxatdan o'ting va festivaldagi o'rningizni band qiling!